Professor
Блог им. qodirovamProfessor Li juda ham mashhur, yoshi ulug’ professor, juda bilimli. Lekin professorlikning ham bir yomon tomoni bor, bu yaxshigina parishonxotir bo’lib qolish, hozirgina bo’lgan ishni, juda tez unutish.
Bir safar, biz professor Li bilan birga bir yig’ilishda qatnashdik, bir mehmonxonada yashadik, ertalab yig’ilishga ketayotgan payt xonamizning kalitini mehmonxona xizmatchisiga topshirdik. Birinchi kun yig’ilish tugagach, men va professor Li birga mehmonxonaga qaytib keldik, mehmonxona xizmatchisini ko’rgach, men unga xonam raqamini aytdi, u darhol menga xona kalitini berdi. Professor Li menga aytdi: ”Sen xonangga chiqaver, mening biroz ishim bor.” Endigina bir-ikki qadam tashlagandim, professor Lining ovozini eshitdim: ”Kechirasiz yaxshi qiz, aytolmaysizmi professor Li qaysi xonada yashaydi?”
”801-xona” deb javob berdi mexmonxona xizmatchisi.
”Iltimis menga usha xona kalitini bersangiz” dedi professor.
”Bu mumkin emas, mehmon hali qaytib kelmadi”
”U menga uning xonasida uni kutib turishimni aytdi”
”Kechirasiz, men sizga bera olmayman” mehmonxona xizmatchisi unga kalitni bermadi.
Professor Li boshqa chorasi qolmagach, shaxsini tasdiqlovchi guvohnomasini ko’rsatib dedi: ”Men usha professor Li man.”
Mehmonxona xizmatchisi unga juda ajablanib qarab turdida, unga xonasining kalitini berdi.
Xitoy tilidan Madina Qodirova tarjimasi
(manba: Sin mu biao. Di er ce)