avatar
Куч
358.33
Рейтинг
+131.21

Qodirova Madina

Мақолалар

Professor

Блог им. qodirovam

    Professor Li juda ham mashhur, yoshi ulug’ professor, juda bilimli. Lekin professorlikning ham bir yomon tomoni bor, bu yaxshigina parishonxotir bo’lib qolish, hozirgina bo’lgan ishni, juda tez unutish.


 


    Bir safar, biz professor Li bilan birga bir yig’ilishda qatnashdik, bir mehmonxonada yashadik, ertalab yig’ilishga ketayotgan payt xonamizning kalitini mehmonxona xizmatchisiga topshirdik. Birinchi kun  yig’ilish tugagach, men va professor Li birga mehmonxonaga qaytib keldik, mehmonxona xizmatchisini ko’rgach, men unga xonam raqamini aytdi, u darhol menga xona kalitini berdi. Professor Li menga aytdi: ”Sen xonangga chiqaver, mening biroz ishim bor.” Endigina bir-ikki qadam tashlagandim, professor Lining ovozini eshitdim: ”Kechirasiz yaxshi qiz, aytolmaysizmi professor Li qaysi xonada yashaydi?”


 


”801-xona” deb javob berdi mexmonxona xizmatchisi.


”Iltimis menga usha xona kalitini bersangiz” dedi professor.


”Bu mumkin emas, mehmon hali qaytib kelmadi”


”U menga uning xonasida uni kutib turishimni aytdi”


”Kechirasiz, men sizga bera olmayman” mehmonxona xizmatchisi unga kalitni bermadi.


 


    Professor Li boshqa chorasi qolmagach, shaxsini tasdiqlovchi guvohnomasini ko’rsatib dedi: ”Men usha professor Li man.”


 


    Mehmonxona xizmatchisi unga juda ajablanib qarab turdida, unga xonasining kalitini berdi.


 


 


Xitoy tilidan Madina Qodirova tarjimasi


(manba: Sin mu biao. Di er ce)  

Xitoyda internet va gazeta

Блог им. qodirovam

    Shiddat bilan rivojlanishda davom etayotgan bugungi kunimizni, ommaviy axborot vositalari yoki


internetsiz tasavvur qilish juda qiyin. Globallashuv asri nomini olgan XXI asrda bu sohalarning ko’magisiz rivojlanayotgan biror sohani topish amri mahol. Bugungi kunda har bir mamlakatda bu jabhalarning o’z o’rni, o’z maqomi mavjud. Bugun hech birimiz internetsiz hayotimizni tasavvur eta olmaymiz, undagi tezlik, cheksiz imkoniyatlar sabab, millionlab chaqrimli masofalar bir qadamga aylanadi, necha kunlab qidiriladigan ma’lumotlarni bir zumda topa olmiz. Ommaviy axborot vositalari ham insonlarga ma’lumotlarni yetkazib berish, ularni dunyo va o’z mamlakatlaridagi yangiliklar bilan tanishishlaridagi eng muhim vositalardan biri hisoblanadi. Har bir mamlakatning milliy ommaviy axborot vositalari, internet tizimi mavjud bo’lishi barchamizga ma’lum, quyida Xitoy Xalq Respublikasidagi bu sohalarning tarixi va bugungi kuni haqida biroz fikr yuritamiz.


   


Mehrning narxi qancha?

Блог им. qodirovam

Mehrning narxi qancha?


Muhabbatning-chi?


Ular qanday bozorda sotiladi?


Ularga kim narx belgilaydi?Ularning eksport –importi bilan qaysi korxona shugullanadi?


Mehr bu har ko’klamda zaminda qaytgan boychechak sadoqatimi?


Yoki ota-onasiga mehr yuboring deb qistirib o’tgan farzand ehtiyojimi?Muhabbat kimnidir sog’inib yig’lay olish baxtimi?


Yo manfaatlar ustiga qo’yilgan munosabatmi? Mehrning narxi kimgadir iliq so’z aytishdan avval uning mansabini bilish asnosida belgilanadimi?


Yoki kapalak o’lsa yig’lay olish mehrmi?


Muhabbatning narxi sevishdan avval moliyaviy hisobot tuzish bilan aniqlanadimi?


Yoki ismini ham bilmay telba bo’lish haqiqiy ishqmi?


   Oyog’imiz ostidagi tuproqni tepkilaganimiz-tepkilagan, garchi kun kelib shu qaro yerdan boshqa hech qayerga sig’maymiz.


Mehr- muhabbatni pista-po'chog’ichalik qadrlamaymiz, ulashgimiz kelmay qizg’onamiz, kun kelib faqat shu jonimizga orom bo’ladi.


Inson haqiqatda adashuvchimikin?

Pekin operasi.

Блог им. qodirovam

   


 


    Ma’lumki, har bir mamlakatning asrlar davomida shakllanib kelgan o’ziga hos tarixi, madaniyati va ma’naviyati mavjud bo’ladi. Aynan mana shu, boshqa davlatlardan ajratib turuvchi hususiyatlar usha mamlakatning milliyligini tashkil etadi. Xitoy davlati ham qadim- qadimdan o’z milliy urf-odat, an’analari bilan butun dunyoga mashxur bo’lgan serviqor mamlakatdir. Xitoyning nafaqat an’analari bilan, balki go’zal me’moriy yodgorliklari bilan ham dong’i ketgan. Xitoyga borgan inson, albatta, eng avvalo ”Buyuk Xitoy devorini”, ” Tian an men” maydonini va yana bir qator diqqatga sazovor go’shalarni ziyorat qilishga shoshiladi. Bu joylar insonni o’zining afsonaviy viqori bilan sehrlab, Xitoy xalqi tarixiga yanada chuqurroq qiziqish uyg’otadi. Xitoy xalqining butun dunyoga mashxur va boshqa mamlakatlardan alohida ajratib turadigan 4 ta o’ziga xos merosi mavjud, bu merosni Xitoyliklar o’zgacha g’urur bilan ” to’ri gavhar” deb atajadi, bular: ” Xitoy tabobati ”, ” Ushu ”, ” Pekin operasi ” va ” Koligrafiya” dir. Xitoy haqida gapirganda ularni tilga olmaslikning iloji yo’q. Quyida biz shu bebaho gavharlardan biri, butun dunyoni o’zining betakror kiyimlari, niqoblari, va ijro uslubi bilan lol qoldirib kelayotgan ” Pekin operasi” ( Jing ju) san’ati haqida biroz ma’lumot bergan holda, bilganlarimizni baham ko’rishni hohladik.



Obod turmush poydevori

Блог им. qodirovam

 Oila mehrdan bunyod maskandir,


 Obodlik yarashgan fayzli chamandir,


 Qo’lni qo’lga bering aziz yurtdoshim,


 Eng mustahkam oila O’zbekistondir!


 


     Darhaqiqat, oila eng muqaddas maskandir. Bu muqaddas dargohda mehr taftini his etgan har bir inson, asrlar davomida ajdodlarimiz e’zozlab kelgan qadriyatlar ma’nosini chuqur anglab yetadi. O’zbek xalqi hayotida oila tushunchasi alohida, muhim ma’no kasb etadi desak, mubolag’a emas. Oila jamiyatning kichik qo’rg’oni, har bir oilaning yashash tarzida o’z iqlimi, o’z tafti bor. Inson yashar ekan o’z oldiga ko’p ezgu maqsadlar, orzu-niyatlar qo’yadi va shu maqsadlarni ro’yobga chiqarish yo’lida yugurib-yeladi. Dunyoga kelgan go’dakning ezgu orzu- umidlar bilan voyaga yetishi esa avvalo oiladagi tarbiyaga bog’liq.


 


    Mustaqillikka erishganimizning ilk yillaridanoq mamlakatimiz tarixida yurtboshimiz tashabbuslari bilan ajoyib bir an’ana davom etib keladi, bu an’ana har bir yurtdoshimiz uchun juda muhim va har yili intiq bo’lib kutiladigan tarixiy voqea desak yanglishmaymiz, zeroki, bu voqeada xalqimiz orzu-istaklari, mushtarak maqsadlari o’z aksini topgan, bu – har bir kirib kelayotgan yangi yilga nom berish an’anasidir. 2013-yilning “Obod turmush yili ”  deb nomlanishi ham har birimizning yuragimizda fahr va iftihor uyg’otdi. Yurtboshimiz Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi Konsititutsiyasining 20 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda 2013- yilni “Obod turmush yili” deb e’lon qilishni taklif etar ekanlar, jumladan shunday dedilar: “Barchamizga yaxshi ayonki, har qaysi inson, millati, tili va dinidan qat’i nazar, bu dunyoga baxtli yashash uchun keladi. Bunday yuksak orzuga erishishning sharti va garovi bo’lgan omillar ko’p. Lekin ular orasida hayotimizga ma’no-mazmun beradigan, uni yanada yorug’ va fayzli qiladigan bir omil borki, u ham bo’lsa, odamning o’z uyi, o’z yurtini har tomonlama go’zal va obod qilib, shundan o’zi mamnun bo’lib yashashida yaqqol nomoyon bo’ladi.